22:09 / 20.10.2015
2368

Facebook’dagi reklama yangiliklar lentasidagi jami xabarlarning 3 foizini tashkil qilishi aniqlandi

Ijtimoiy tarmoqlar orqali marketing yuritish sohasidagi Socialbakers tahliliy kompaniyasi tadqiqotiga ko‘ra, Facebook ijtimoiy tarmog‘idagi yangiliklar lentasidagi jami xabarlarning bor-yo‘g‘i 3 foizi reklama xabarlari hisoblanadi, deb ma'lum qilmoqda Business Insider nashri.

O‘tgan yili Facebook’ning reklamadan olgan daromadi 11,5 mlrd dollarni tashkil qildi, kompaniya shu bilan birga lentani reklama bilan yuklashni oshirishni mo‘ljallamayapti. Biroq Socialbakers kompaniyasi Facebook’ning mobil dasturidagi reklamani hisobga olmagan, aynan smartfonlar orqali ijtimoiy tarmoqqa ko‘proq kiriladi.

Tadqiqotchilar, shuningdek, foydalanuvchining odatdagi lentasi tarkibining 24-29 foizini brendlar, yulduzlar, ommaviy shaxslar va tashkilotlar sahifalaridagi xabarlar tashkil qilishini aniqlashdi. Biroq bunday sahifalardagi xabarlarning 10 foizidan ko‘prog‘igina moliyalashtiriladi. Shu tariqa barcha ma'lumotlarning 97 foizi reklamaga oid hisoblanmaydi.

Top