09:46 / 20.10.2015
13194

Instagram qahramoni: shoir, sportchi, Dubayning merosxo‘r shahzodasi

Xamdan ibn Muhammad al-Maktum shayx Muhammad ibn Rashid al-Maktumning ikkinchi o‘g‘li bo‘lib, u ijtimoiy tarmoqlardagi o‘zining ajabtovur suratlari bilan dunyoga tanilib ulgurgan. Shu bois uni Disney qahramonlaridan Olovuddinga qiyosi qilishadi. U akasi Rashid ibn Muhammadning taxtdan voz kechganidan so‘ng, 2008 yilda Dubayning merosxo‘r shahzodasiga aylandi va tezda matbuot markaziga tushdi.

Uning Instagrammdagi obunachilari soni 2, 6 mln. nafar kishini tashkil etadi.

Sport

Shahzodaning qiziqishlari ko‘p bo‘lib, ular orasida sport alohida o‘ringa ega. U skaydayvingdan tortib, ot sportigacha qiziqadi. U ot sportiga Buyuk Britaniyada o‘qib yur

gan kezlaridayoq qiziqqan. Shu bois ot sporti bo‘yicha o‘tkazilgan musoboqalarning bir nechtasida zafar quchgan.Bular qatoriga 2014 yilda Fransiyada o‘tgan Xalqaro ot o‘yini musobaqasini ham qo‘shish mumkin.

Texnika

Vaqti-vaqti bilan shahzoda o‘z koleksiyasidagi eng zamonaviy gadjyetlarni namoyish etib turadi. Ularga misol qilib, fotoapparatlar, smartfonlar va ekshn-kameralarni ko‘rsatish mumkin.

Farzandlari

Shahzodaning o‘z farzandlari yo‘q. Ammo uni qirol oilasi a'zolarining farzandlari bilan tushgan suratlarini Instagramm orqali kuzatish mumkin. Uni ko‘pincha yosh Muhammad ibn Ahmad Jobir al-Harbiy bilan tushgan suratlari keng tarqalgan. Bolakay Buyuk Britaniya qirolichasi bilan ko‘rishgan va uning qo‘lini siqishga musharraf bo‘lgandi.

Sayohatlar

Jonzotlar

Hamdanning oq yo‘lbarsi va arsloni bo‘lib, u asosan lochin oviga juda qiziqadi.

Xayriya ishlari

Merosxo‘r shahzoda bir necha xayriya jamg‘armalarini qo‘llab-quvvatlaydi va ular tomonidan o‘tkaziladigan aksiyalarda ishtirok etadi. U hatto donar sifatida qon ham topshirib turadi.

 

Top