19:28 / 20.10.2015
3650

iPhone 7 smartfonida Intel mikrosxemalari qo‘llanishi mumkin

Intel kompaniyasi xodimlari yangi avlod iPhone smartfonlari uchun Qualcomm kompaniyasi LTE-modemining muqobili ustida ish olib bormoqdalar.

Intel yangi LTE Cat. 10’ni qo‘llab-quvvatlovchi yangi XMM 7360 chip-modemini ishlab chiqmoqda. Bu chip-modem ma'lumotlarni 450 Mbit/soniya tezlik bilan yuklab olishni ta'minlashga qodir. Manbaning ma'lum qilishicha, ushbu chip-modem ustida Intel’ning minglab xodimlari ish olib bormoqda. Apple va Intel o‘rtasida bitim agar Intel chipning e'lon qilingan ko‘rsatkichlariga erisha olsagina tuziladi.

Manbaning xabar berishicha, Apple o‘zida A seriyasidagi protsessor va LTE-modemni saqlovchi “chipda tizim” (system-on-a-chip, SoC) yaratilishiga qiziqish bildirmoqda. Yangi avlod iPhone 6s smartfonida datchiklardan olingan ma'lumotlarni qayta ishlash uchun mo‘ljallangan M9 coprotsessori A9 protsessoriga o‘rnatilgan. Shu tariqa, agar Apple kompaniyasi Intel’ning LTE-modemidan foydalana olsa, kelgusida Intel kompaniyasi Apple qurilmalari uchun protsessorlar ishlab chiqarish bilan shug‘ullanishi mumkin.

Top