09:12 / 20.10.2015
3606

Kipr Turkiyaning YeIga qo‘shilish bo‘yicha muzokaralariga to‘sqinlik qilishda davom etadi

Kipr tashqi ishlar vaziri bergan bayonotga ko‘ra, mamlakat Turkiyaning Yevroittifoqqa qo‘shilishi borasidagi muzokaralarning navbatdagi raundini bloklashda davom etadi, negaki Anqara Kiprni birlashtirishga yetarlicha harakat qilmayapti. Bu haqda Associated Press agentligi xabar bermoqda.
Kiprning YeIdagi doimiy vakili Kornelios Korneliu mahalliy radio efirida Nikosiya YeIning Turkiya bilan iqtisodiyot va pul-kredit siyosati bo‘yicha muzokara olib borishigagina rozi bo‘lishi mumkin.
O‘z navbatida, Germaniya kansleri Angela Merkel Turkiyaning ittifoqqa qo‘shilishini qo‘llab-quvvatlashini ta'kidlab o‘tgan edi.
Ma'lumot uchun, Kipr Turkiyadan ajralib chiqqanidan buyon orolda etnik bo‘linish yuzaga kelgan. Orolning 60 foizini rasmiy Kipr, 38 foizini qisman tan olingan Shimoliy Kipr Turk Respublikasi hukumati nazorat qilib kelmoqda. “Yashil chiziq” poytaxt Nikosiyadan o‘tadi.

Top