22:39 / 20.10.2015
8237

KUN.UZ dayjesti: 20 oktabr, Dunyo xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 20 oktabr kuni jahonda ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Malayziya poytaxtida ich terlama tarqala boshladi>>

Kuala-Lumpur aholisi o‘rtasida ich terlamaga chalinganlar soni ortib bormoqda. Bu haqda The Star gazetasi yozmoqda. Mahalliy hokimiyat vakillari aholini tinchlantirishga harakat qilmoqda.

TIV: Pokiston AQShga Hindiston terrorchilarni qo‘llab-quvvatlagani dalillarini taqdim etadi>>

Pokiston hukumati AQSh ma'muriyatiga Hindiston terrorchilarni qo‘llab-quvvatlaganini uzil-kesil isbotlaydigan dalillarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri E'zoz Choudri Geo TV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

Xitoyning mobil operatorlari uyali aloqa minoralaridan qutulishdi>>

Xitoyning eng yirik mobil operatorlari restrukturizatsiya o‘tkazdi. Ular o‘zlarining minora infrastrukturalarini China Tower nomli alohida kompaniyaga aylantirishdi. Kompaniya narxi unga kiritilgan aktivlar bilan birgalikda 234.1 mlrd yuan (36 mlrd dollar) bo‘ldi.

Putin 2015 yilda Rossiyada 20 terakt bartaraf etilganini ma'lum qildi>>

Rossiya Federal xafsizlik xizmati xodimlari mamlakatda 20ta terroristik yo‘nalishdagi jinoyatlarni bartaraf etdi, deya xabar qildi RIA «Novosti».

Dunyodagi eng yomon aeroportlar ro‘yxatida Toshkent xalqaro aeroporti to‘rtinchi o‘rinda>>

The Guide to Sleeping in Airports («Aeroportlarda uxlash bo‘yicha yo‘riqnoma») manbasi turli aeroportlarda bo‘lgan yo‘lovchilar fikrlari asosida 2015 yilda dunyoning eng yomon aeroportlari ro‘yxatini tuzib chiqdi. Toshkent xalqaro aeroporti mazkur reytingda to‘rtinchi bo‘lib tilga olindi.

Frankfurtda o‘tgan kitob yarmarkasida 275 ming odam qatnashdi>>

Frankfurtda o‘tgan 67-xalqaro kitob yarmarkasi yakshanba kuni o‘z ishini yakunladi. Unga 275 ming anafar odam tashrif buyurdi. Tashkilotchilarning fikricha, bu o‘tgan yilnikiga qaraganda, ikki foizga ko‘pdir.

Yangi Samsung Galaxy S7 2016 yil yanvarida namoyish qilinadi>>

Janubiy koreyalik insayderlar ma'lumotlariga ko‘ra, Samsung kompaniyasining yangi Samsung Galaxy S7 smartfonini 2016 yilning yanvar oyida ko‘rish mumkin bo‘ladi, deb xabar bermoqda GSM Arena nashri.     

Suriyaning Rossiyadagi elchisi Turkiya prezidenti Toyib Erdo‘g‘anni “telba” deb atadi>>

Suriyaning Rossiyadagi elchisi Riyod Haddod Turkiya prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘anni suriyalik muhojirlar bilan bog‘liq vaziyatga bildirayotgan munosabati uchun tanqid qildi va uni “telba” deb atadi. 

"Oltin to‘p" uchun da'vogarlar ro‘yxatida "Barselona"dan 6 nafar, "Real"dan 5 nafar futbolchi o‘rin oldi>>

FIFA "Oltin to‘p"ga da'vogarlar sonini 23 nafargacha qisqartirdi. Bu ro‘yxatga "Barselona"dan 6 nafar, "Real"dan esa 5 nafar futbolchi kiritilgan.

Qozog‘istonlik abonentlar operatorni o‘zgartirganida o‘z raqamlarini saqlab qolish imkoniyatiga ega bo‘ldi>>

2016 yilning 1 yanvaridan Qozog‘istonda “mobil kullik” bekor qilinadi. Bu haqda mamlakat bosh vaziri Karim Masimovning rasmiy saytida xabar qilindi.

YouTube mana shu haftada pullik xizmatni ishga tushiradi>>

YouTube videoxostingi mana shu hafta ichida pullik mexanizmini ishga tushiradi, deb ma'lum qilmoqda FastCompany.

Suriyaliklar futbol stadionlarida yashashga majbur bo‘lmoqda>>

2011 yil martidan buyon davom etayotgan ixtilof oqibatida 4 mln suriyalik qochqinga aylandi, 7.6 mln kishi uylarini tark etdi. Internet saytlarida chop etib borilayotgan reportajlarda bu insonlar qanday ahvolda yashayotgani, qayerda jon saqlayotgani ko‘rsatib berilmoqda.

Qo‘lbola soat yasagani uchun hibsga olingan o‘smir Oq uyga keldi>>

Qo‘lbola soat yasagani uchun hibsga olingan texaslik o‘quvchi Ahmad Muhammad AQSh prezidenti Barak Obamaning shaxsiy taklifi bilan Oq uyga keldi, deya xabar berdi Associated Press.

Moskva viloyatida amaldorlar o‘ldirib ketilgandan keyin politsiyaning butun shaxsiy tarkibi oyoqqa turg‘azildi>>

19 oktabrda Moskva viloyatining Krasnogorsk tumani rahbari birinchi o‘rinbosari Yuriy Karaulov va “Krasnogorsk elektr tarmoqlari” rahbari Georgiy Kotlyarenko tuman ma'muriyati binosida o‘ldirib ketildi. Ma'lum qilinishicha, mahalliy tadbirkor Amiran Georgadze amaldorlar bilan chiqqan mojarodan keyin ularni otib tashlagan. Keyinroq qotil berkinishga urinishi paytida mahalliy fuqarolardan birini ham o‘ldirgan.

Xitoy ijtimoiy tarmoqlari internetdan Kim Chen Inning kulgili suratlarini olib tashladi>>

Xitoy ijtimoiy tarmog‘i Weibo va Baidu qidiruv tizimi Xitoy rahbariyatining Pxenyanga tashrifi yuzasidan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning internetdagi hazil fotosuratlarini olib tashladi, deb ma'lum qilmoqda Mashable.

Shveytsariya Mudofaa vazirligi Rossiya samolyotiga shveysar samolyotining yaqinlashganini standart tekshiruv deb aytdi>>

Shveytsariya Mudofaa vazirligida Shveytsariyaning F/A-18 harbiy samolyoti Jyenevaga uchib ketayotgan rossiyalik diplomatlar samolyotiga yaqinlashib, standart tekshiruv amaliyotini bajargan deb aytildi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi. 

Bloomberg Rossiyaning Suriyadagi maqsadlari nimadan iboratligini aytdi>>

Kremlning Suriyadagi asl maqsadi prezident Bashar Asadga iloji boricha ko‘proq yo‘qotilgan hududlarni qaytarib olishida yordam berishdan iborat, deb yozmoqda noma'lum bo‘lib qolishni istagan rossiyalik rasmiy manbalarga iqtibos keltirgan holda Bloomberg axborot agentligi. Rossiya aviatsiyasi ishtirokidagi Suriyadagi kampaniya bir yil va undan ko‘proq vaqt davom etishi mumkin, deb aytdi manbalardan biri.     

Muxolifatdagi Liberallar partiyasi Kanadadagi saylovda g‘alaba qozondi>>

19 oktabr kuni Kanada parlamentiga saylovlar bo‘lib o‘tdi va uning natijasida hukumat rahbari o‘zgardi.

Istanbulda O‘zbekiston va Tojikistondan 24 nafar balog‘atga yetmagan bola IShID jangariligiga tayyorlangan>>

Anqarada 10 oktabrda uyushtirilgan terakt bilan bog‘liq holda Istanbulda 18 oktabrda o‘tkazilgan reydda O‘zbekiston va Tojikistondan 24 nafar balog‘atga yetmagan bola IShID jangariligiga tayyorlangan markaz yo‘q qilindi. “Vatan” nashrining yozishicha, bolalar radikal islomchilik va IShIDdagi turmush tarziga o‘rgatilgan. Markazda, shuningdek, jangovor mashg‘ulotlar o‘tkazilgan.

Davlat Departamenti: AQSh Asadning darhol ketishini talab qilmayapti>>

AQSh ma'muriyati Suriya prezidenti Bashar Asad darhol hokimiyat tepasidan ketishini talab qilmayapti. Buni Davlat Departamentining matbuot kotibi Mark Toner an'anaviy brifing chog‘ida tasdiqladi.

AP: Makka yaqinidagi tiqilinch qurbonlari soni 2177 nafar bo‘lgan>>

24 sentabr kuni Makka yaqinidagi Mino vodiysida yuz bergan tiqilinchda halok bo‘lganlar soni 2177 nafarga yetdi, deb xabar bermoqda Assoshieyted Press agentligi.

Kreml Asadni qo‘llab-quvvatlashdan voz kechishi uchun katta miqdorda pul taklif qilingani haqidagi xabarni rad etdi>>

Kremlda Eron ommaviy axborot vositalarining Saudiya Arabistoni tomonidan Rossiyaga Suriya prezidenti Bashar Asadni qo‘llab-quvvatlashdan bosh tortishi evaziga 300 mlrd dollar taklif etilgani to‘g‘risidagi xabarlarni inkor qildi.

Top