00:21 / 20.10.2015
3345

Leonovning haykalini o‘g‘irlashda gumon qilingan shaxs ikki oyga hibsga olindi

Moskvaning Nikulin sudi “Dosent” haykalini o‘g‘irlab ketishda gumonlangan yetti nafar shaxsning biri Bekzod To‘ychiboyevni ikki oyga hibsga oldi, deb xabar bermoqda «Interfaks».

Tergovchi va prokurorning ta'kidlashicha, gumonlaguvchi ochiqda yursa, yashirinishga harakat qiladi. Hibsga olish haqda tergovchi ko‘rsatma bergan.

Boshida To‘ychiboyev uning hibsga olinishi borasida sudyaga javob qaytara olmagan. Advokatning so‘rovlaridan so‘ng, hibsga olinishiga qarshi ekanligini ma'lum qilgan.

Sud bu ushbu jinoiy ish yuzasidan yana olti nafar gumonlanuvchining ustidan tushgan arizani ko‘rib chiqadi.

Top