19:22 / 20.10.2015
4073

Malayziyalik harbiy telefonida IShID bayrog‘i tasvirini saqlagani uchun 7 oyga qamoq jazosiga tortildi

Malayziya Oliy sudi mamlakat qurolli kuchlari kapralini IShID terrorchilik guruhi ramzini saqlagani uchun 7 oyga qamoq jazosiga tortdi. Mamlakat oliy sudi bergan bayonotda qayd etilishicha, sudlanuvchi Muhammad Azizi Said o‘z aybiga to‘liq iqror bo‘lgan.

Uning mobil telefonida IShID bayrog‘i tasviri borligi tasodifan aniqlandi. 28 yoshli kapralning tushuntirishicha, “u IShID g‘oyaviy ta'siriga tushib qolgan”. Harbiy 8 yildan beri qurolli kuchlar safida xizmat qilib kelgan.

Joriy yilning avgustida Malayziya mudofaa vaziri Hishamuddin Husayn IShIDga aloqadorlikda gumon qilingan 11 harbiyning hibsga olinganini ma'lum qilgandi. Uning aytishicha, “bu borada armiyadagi vaziyat fojiali emas, biroq zudlik bilan choralar ko‘rish lozim”.

Top