01:08 / 20.10.2015
10712

Moskva viloyatida amaldorlar o‘ldirib ketilgandan keyin politsiyaning butun shaxsiy tarkibi oyoqqa turg‘azildi

19 oktabrda Moskva viloyatining Krasnogorsk tumani rahbari birinchi o‘rinbosari Yuriy Karaulov va “Krasnogorsk elektr tarmoqlari” rahbari Georgiy Kotlyarenko tuman ma'muriyati binosida o‘ldirib ketildi. Ma'lum qilinishicha, mahalliy tadbirkor Amiran Georgadze amaldorlar bilan chiqqan mojarodan keyin ularni otib tashlagan. Keyinroq qotil berkinishga urinishi paytida mahalliy fuqarolardan birini ham o‘ldirgan.

Uch kishining qotilligida gumon qilingan tadbirkorni ushlash uchun Moskva viloyati politsiyasining butun shaxsiy tarkibi trevoga bo‘yicha oyoqqa turg‘azildi, deb xabar bermoqda TASS axborot agentligi.

“Qotilni qo‘lga olish uchun Moskva va Moskva viloyati bo‘yicha “Perexvat”, Moskva viloyatining o‘zida yana “Vulkan” rejasi kiritildi”, deb xabar berdi Rossiya IIV rasmiy vakili Yelena Alekseyeva.

Avvalroq qotillikda gumon qilinuvchining berkingan joyi aniqlangani ma'lum qilingandi.

Top