20:49 / 20.10.2015
8170

NYT: Rossiya Suriyaga kirgach, Ukrainani esdan chiqardi

G‘arbda Ukrainadagi vaziyat tez orada tinch yo‘l bilan hal qilinishiga ishonch bildirishmoqda. The New York Times nashrida chop etilgan maqolada aytilishicha, Rossiya Suriyada harbiy harakatlarini boshlagach, Ukraina haqida unutildi.

"Hozircha Ukrainadagi siyosiy inqiroz bo‘yicha ko‘p masalalar hal qilinmagan, o‘tgan haftada ayirmachilar qurollarni aytilgan hududdan olib chiqib ketish muddatini ortga surishdi, siyosatchilar esa muzokaralar o‘tkazishmoqda. Donbassdagi saylovlar o‘tkazilishi masalasida yakuniy qarorga kelinmagan.

Lekin shunisi muhimki, oxirgi 6 hafta ichida hududda harbiy to‘qnashuvlar uyoqda tursin, o‘q uzishlar qayd etilmadi. Vaholangki, 18 oy ichida Ukrainadagi harbiy nizolar tufayli 8 mingga yaqin kishi halok bo‘lgandi", deydi muallif.

U shuningdek, sulh istalgan vaqtda buzilishi mumkinligini ististo etmagan.

G‘arbdagi tahlilchilar ham, Rossiyadagilar ham Ukrainadagi siyosiy inqiroz hal qilinishiga ishonch bildirishmoqda.

O‘z navbatida boshqacharoq fikrdagilar ham bor.

"Ukrainada sulh tuzilishi Putin uchun mag‘lubiyatga teng bo‘ladi", degan Bruklin universitetining AQSh va Yevropa bo‘yicha markazi direktori Fiona Xill.

"Ko‘pchilikning fikricha, bu masala bo‘yicha muzokaralarda yaqin oylar ichida hal qiluvchi qaror qabul qilinadi. Shunisi aniqki, ukrain frontida oxirgi vaqtlarda janglar butunlay to‘xtadi. 2016 yilga kelib, hududdagi vaziyat ham butunlay barqarorlashadi", deya yozadi maqola muallifi.

Top