10:38 / 20.10.2015
2790

O‘tgan 9 oyda O‘zbekistonda 748,7 mingta yangi ish o‘rinlari yaratildi

O‘zekistonda 2015 yilning 9 oyi davomida 748,7 mingta yangi ish o‘rinlari, shu jumladan, qishloq joylarda 451,6 mingta yangi ish o‘rni tashkil etildi. Bu haqda 19 oktabr kuni Vazirlar Mahkamasining joriy yilning 9 oyida respublikani ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlarini tahliliga bag‘ishlab o‘tkazilgan majlisda ma'lum qilindi.

1 sentabrdan boshlab byudjyet sohasi xodimlarining ish haqi, pensiyalar, nafaqalar va stipendiyalar miqdorlari 1,1 marotaba oshirildi.

"Keksalarni e'zozlash yili" Davlat dasturi doirasida keksalarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash va ularni ijtimoiy muhofaza qilishni kuchaytirish tadbirlarini amalga oshirish davom ettirilmoqda, ushbu tadbirlarni moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 2,0 trillion so‘mdan ko‘proq mablag‘ yo‘naltirildi.

Top