15:56 / 20.10.2015
4466

O‘z onasini o‘ldirgan qozog‘istonlik 12 yilga qamaldi

Qozog‘istonning Olma-Ota shahridagi ixtisoslashtirilgan tumanlararo sudi fuqaro V.Yu.Zaytsevga nisbatan jinoiy ishni ko‘rib chiqdi, deya xabar qildi Kazinform.

Sud hukmiga ko‘ra, V.Yu.Zaytsev oilaviy kelishmovchilik tufayli o‘zining keksa yoshli onasiga pichoq bilan o‘qtalib, unga bir necha marotaba tan jarohati yetkazgan. Olingan tan jarohati sababidan uning onasi voqea joyida vafot etgan.

“Jinoyatchi onasining jasadini qoldirib, voqea joyidan yashiringan. Bundan avvalroq esa uning 70 ming tengesi bo‘lgan to‘lov kartasini o‘g‘irlab olgan”, - deya xabar qildi sud matbuot xizmati.
Sud hukmiga binoan, jinoyatchi 12 yil muddatga ozodlikdan mahrum etildi.

Top