21:04 / 20.10.2015
2859

O‘zbekiston TIVda Fransiya Milliy assambleyasi deputatlari bilan uchrashuv o‘tkazildi

Fransiya Milliy assambleyasi deputati, Milliy assambleyadagi «Fransiya – O‘zbekiston» parlamentlararo do‘stlik guruhi raisi Filipp Myone rahbarligidagi delegatsiya O‘zbekistonga tashrif buyurdi.

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, 20 oktabr kuni vazirlik rahbari Abdulaziz Komilov Myone boshliq delegatsiyani qabul qildi.

Parlament vakillaridan iborat nufuzli delegatsiya O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari deputatlari bilan hamda Tashqi ishlar vazirligi va Savdo-sanoat palatasida uchrashuv va muzokaralar o‘tkazish uchun Toshkent shahriga tashrif buyurgan.

Suhbat chog‘ida O‘zbekiston-Fransiya muloqotining hamda siyosiy, savdo-iqtisodiy, investitsiya, madaniy-gumanitar va boshqa sohalarda ikki tomonlama hamkorlikni qonuniy qo‘llab-quvvatlashning hozirgi holati va uni yanada rivojlantirishning istiqbollari muhokama qilindi.

Uchrashuvda Fransiya elchisi Jak-Anri Els ishtirok etdi.

Top