13:36 / 20.10.2015
4701

O‘zbekistonda diniy ekstremizm bilan shug‘ullangan ikki ayol sud qilindi

Qashqadaryo viloyat sudi O‘zbekistonning ikki fuqarosi ustidan faoliyati taqiqlangan “Hizb ut-Tahrir al Islomiy” ekstremistik tashkiloti targ‘iboti bilan shug‘ullangani sababli yetti va besh yil muddatlarga ozodlikdan mahrum etildi, deya xabar berdi sud vakili.

Tergov materiallariga ko‘ra, Shahlo Qudratova va Nilufar Abdullayeva O‘zbekistondagi mavjud tuzumni qulatish va xalifalik tashkil etishga targ‘ib qilib kelgan.
Ekstremistik tashkil faollari o‘z ishida faoliyatini kengaytirish hamda yangi tarafdorlarni jalb etish maqsadida ijtimoiy tarmoqlar va internet, jumladan, WhatsApp mobil mesenjyeridan foydalanishgan.

Eslatib o‘tamiz, 1998 yilda O‘zbekistonda MDH mamlakatlari ichida birinchi bo‘lib “Hizb ut-Tahrir” a'zolariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan edi. 1999 yilda Toshkentda sodir etilgan portlashlardan so‘ng sobiq ittifoq davlatlari ichida birinchi bo‘lib Toshkentda ekstremistik tashkilotlar a'zolari keng ko‘lamda qo‘lga olina boshlandi.

Top