10:51 / 20.10.2015
4458

Pentagon Afg‘onistonda qiruvchining o‘qqa tutilishi borasida ayrim tafsilotlarni oshkor qildi

AQSh HHKga tegishli F-16 qiruvchisi Afg‘onistonda tolibonlar tomonidan o‘qqa tutilishi natijasida shikastlandi, deya xabar qildi 19 oktabr kuni ABC News Pentagon ma'lumotiga asoslangan holda.

Hodisa 13 oktbr kuni Afg‘oniston sharqida sodir bo‘lgan. O‘qqa tutilishi natijasida qiruvchining bir stabilizatori va bitta portlovchi vositasiga zarar yetgan. Xavfsizlikni ta'minlash maqsadida uchuvchi samolyot ostidagi ikkita yonilg‘i baki va uchta snaryadni tashlab yuborishga qaror qilgan.

Patrullik vazifasini bajargan qiruvchi Kobul yaqinidagi Bagram aviabazasiga muvaffaqiyatli qo‘ngan. Otishma natijasida uchuvchi jarohat olmagan.

Mazkur ish yuzasidan tergov olib borilmoqda. F-16 qanday qurol bilan o‘qqa tutilgani hozircha noma'lum. Pentagon faqatgina qiruvchi past balandlikda uchgani va otishma zenit-raketa tizimi orqali amalga oshirilmaganini qayd etdi.

Top