00:32 / 20.10.2015
3969

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Fransiya elchisini xato tufayli chaqirilgani uchun uzr so‘radi

Rossiya tashqi ishlar vazirligi Fransiya elchisi xato tufayli chaqirib olingani uchun diplomatik uzr so‘radi, deb xabar bermoqda RIA “Novosti”.

Bu haqda Rossiya tashqi ishlar vazirligining rasmiy vakili Mariya Zaxarova “Rossiya 1” telekanalining efir vaqtida aytib o‘tgan.

“Shundan so‘ng, Fransiya tomoni vaziyat tahlili Fransiya harbiy-havo kuchlari borasida emas, balki Shveytsariya harbiy-havo kuchlari borasida ketayotganligi haqda ma'lum qildi. Shundan so‘ng, diplomati kanal orqali Fransiya tomoniga uzr yuborildi”, — dedi u.

Top