18:13 / 20.10.2015
4810

TIV: Pokiston AQShga Hindiston terrorchilarni qo‘llab-quvvatlagani dalillarini taqdim etadi

Pokiston hukumati AQSh ma'muriyatiga Hindiston terrorchilarni qo‘llab-quvvatlaganini uzil-kesil isbotlaydigan dalillarni taqdim etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda mamlakat tashqi ishlar vaziri E'zoz Choudri Geo TV telekanaliga bergan intervyusida aytib o‘tdi.

22 oktabr kuni Pokiston bosh vaziri Navoz Sharif AQShda prezident Barak Obama bilan uchrashadi. Aytilishicha, ushbu uchrashuv chog‘ida aytilayotgan dalillar ko‘rsatiladi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan asrning 40-yillarida ikki davlatga bo‘linib ketgan Hindiston va Pokiston o‘rtasida joylashgan Kashmir viloyatining hududiy daxldorligi borasidagi tortishuvlar shu paytgacha davom etmoqda.

Ikki mamlakat o‘rtasida bir necha bor urushlar kelib chiqqan, chegara to‘qnashuvlari esa tez-tez sodir bo‘lib turadi.

Top