14:54 / 20.10.2015
3800

Tyago Silva: Menimcha, Messi Ronaldudan biroz kuchliroq

"PSJ" himoyachisi Tyago Silva "Barselona" hujumchisi Lionel Messi va "Real" hujumchisi Krishtianu Ronalduni taqqosladi.

"Ular ikki buyuk futbolchilardir. Balki, Messi Ronaldudan biroz kuchliroqdir, ammo bu jihat Krishtianuning mehnatlarini kamsitmaydi.

2014 yilda Ronaldu haqli tarzda "Oltin to‘p"ni olgandi.

Ehtimol, hozir u Messidan ko‘ra kuchliroq o‘ynayotgandir, ammo o‘yin saviyasi Messida kuchliroq", - deydi Silva.

Top