01:17 / 20.10.2015
6057

Xitoy ijtimoiy tarmoqlari internetdan Kim Chen Inning kulgili suratlarini olib tashladi

Xitoy ijtimoiy tarmog‘i Weibo va Baidu qidiruv tizimi Xitoy rahbariyatining Pxenyanga tashrifi yuzasidan Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen Inning internetdagi hazil fotosuratlarini olib tashladi, deb ma'lum qilmoqda Mashable.

Xitoyning Baidu qidiruv tizimidan Kim Chen Inni haqorat qiluvchi “baqaloq Kim uchinchi” so‘rovi ostida chiqadigan 15,7 mln natijadan 12 mingi qoldi. Weibo keyinchalik bu so‘rov bo‘yicha natijalar chiqarishni to‘xtatdi. Shuningdek, Xitoy internet auditoriyasi ham Shimoliy Koreya yetakchisini haqorat qilishni bas qilishni so‘rab, Global Times nashriga rasmiy murojaatnoma bilan chiqishdi.

Top