17:36 / 20.10.2015
4656

Xitoyning mobil operatorlari uyali aloqa minoralaridan qutulishdi

Xitoyning eng yirik mobil operatorlari restrukturizatsiya o‘tkazdi. Ular o‘zlarining minora infrastrukturalarini China Tower nomli alohida kompaniyaga aylantirishdi. Kompaniya narxi unga kiritilgan aktivlar bilan birgalikda 234.1 mlrd yuan (36 mlrd dollar) bo‘ldi.

Bloomberg agentligining ma'lum qilishicha, yangi korxona aksiyalarining 38 foizi China Mobile’ga, 28 foizdan uning raqobatchilari China Unicom va China Telecom’ga tegdi. Qolgan 6 foizi 2010 yili XXR hukumati tomonidan eng yirik kompaniyalarni boshqarish uchun tashkil etilgan China Reform kompaniyasiga tegdi.

China Tower uyali aloqa minoralarini boshqaradi. Yirik mobil kompaniyalar bu infrastrukturani undan ijaraga olib ishlatadi.

 

manba: mobinfo

Top