15:03 / 20.10.2015
3157

Yaponiya bosh vaziri 22-28 oktabr kunlari Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab turne uyushtiradi

Yaponiya bosh vaziri Sindzo Abe 22-28 oktabr kunlari Markaziy Osiyo mamlakatlari bo‘ylab turne uyushtiradi. U Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Mo‘g‘uliston, Tojikiston, Turkmaniston va O‘zbekistonda bo‘lishi aytilmoqda.

Bu haqda Yaponiya hukumatining bosh kotibi Yosixide Suga bayonot berdi.
Yaponiya rahbari 2006 yildan buyon birinchi marta bunday turne uyushtiradi. O‘shanda bosh vazir Dzyun'itiro Koidzumi Qozog‘iston va O‘zbekistonda bo‘lgan edi.

Dastavval safar avgustga mo‘ljallangan edi, lekin parlamentdagi mudofaa qonun loyihasi ustidagi qizg‘in bahslar tufayli safar qoldirildi.
Avval xabar berganimizdek, Sindzo Abening oktabrda O‘zbekistonga kelishi kutilayotgan edi.

Top