18:56 / 20.10.2015
3209

Ze Roberto 41 yoshida «Palmeyras» jamoasi bilan yangi shartnoma tuzdi

«Palmeyras» jamoasining 41 yoshli yarim himoyachisi Ze Roberto jamoa bilan shartnomasini uzaytirdi.

Yangi shartnomaga ko‘ra, futbolchi 2016 yilning oxiriga qadar jamoada qoladi.

U shu yilning boshida «Gremio»dan «Palmeyras»ga kelib qo‘shilgan, ungacha 3 yil davomida «Gremio»da o‘ynagandi.

Ma'lumot uchun, ushbu futbolchi o‘zining yulduzli onlarini «Flamengo», «Santos», «Gremio», «Bayyer», «Bavariyu» «Gamburg» va «Real» kabi jamoalarda o‘tkazgan hamda 20 yil davomida yuqori saviyada futbol namoyish etgandi.

Top