01:15 / 21.10.2015
3447

“Bavariya” futbol jamoasining avtobusi “Arsenal” bilan uchrashuv oldidan yo‘l-transport hodisasiga tushib qoldi

Myunxenning “Bavariya” futbol jamoasi avtobusi Chempionlar Ligasi guruh bosqichining 3-turidan o‘rin olgan “Arsenal”ga qarshi uchrashuv oldidan Londondagi ko‘chalardan birida burilishi paytida qora rangdagi mashina bilan to‘qnashib ketdi, deb yozmoqda Goal.com sayti.

Ma'lum qilinishicha, to‘qnashuv jiddiy bo‘lmagan, hech kim jabr ko‘rmagan.

 

Top