03:19 / 21.10.2015
2722

«Portu»ning yosh futbolchisi Ruben Nevesh YeChL tarixiga kirdi

Portugaliyaning «Portu» jamoasi yosh futbolchisi Ruben Nevesh YeChL o‘yinida o‘z jamoasini sardor sifatida boshlab tushgan eng yosh futbolchiga aylandi.

U 20 oktabr kuni Tel-Avivning "Makkabi" jamoasiga qarshi o‘tkazilgan o‘yinda "Portu"ga sardorlik qildi va bu kunda u 18 yoshu 221 kunlik edi.

Bu boradagi avvalgi rekord Rafael van der Vaartga tegishli edi. U "Ayaks" sardori sifatida YeChLdagi ilk o‘yinini o‘tkazganida 20 yoshu 217 kunlik bo‘lgandi.

Ma'lumot uchun, Ruben Nevesh "Portu" tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. Jamoa asosan legioner futbolchilardan tarkib topgani uchun sardorlik unga topshirilgan. U 2014 yilning 15 avgust kunida "Portu" safidagi debyutini o‘tkazgandi.

Top