18:43 / 21.10.2015
12642

AQShning sobiq prezidenti Rossiyaga IShID jangarilarining pozitsiyalari ko‘rsatilgan xaritani yetkazganini ma'lum qildi

AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter may oyida Rossiyaga IShID jangarilarining pozitsiyalari ko‘rsatilgan xaritani yetkazganini ma'lum qildi. Bu haqda RIA Novosti agentligi xabar bermoqda.

Jorjiya shtatidagi chiqishida u Putinni yaxshi tanishini ma'lum qilib, buning sababi sifatida ikkalasi ham baliq oviga birday qiziqishini keltirdi. Aytilishicha, may oyidagi uchrashuv chog‘ida Rossiya yetakchisi unga pochta manzilini bergan, u orqali Rossiyadagi baliq ovi tajribasini o‘rganish taklif qilingan.

Bundan tashqari, Karterning ta'kidlashicha, ular Suriyadagi vaziyatni muhokama qilishgan va Putinga Karter Markazi tomonidan yaratilgan xarita taqdim etilgan.
Ushbu xaritada IShID jangarilari to‘plangan barcha asosiy nuqtalar ko‘rsatilgan.

Top