10:00 / 21.10.2015
3490

«Astana» «Qayrat» bilan o‘yinga futbolchilarini asrash uchun «Atletiko»ga qarshi ikkinchi tarkibni o‘ynatadi

YeChLning guruh bosqichiga ilk marta chiqqan Qozog‘istonning "Astana" jamoasi musobaqaning 3-turiga kelib, safar o‘yiniga ikkinchi tarkibini jo‘natdi.

"Astana" jamoasining murabbiylar shtabi Qozog‘iston premer-ligasidagi uchrashuvni YeChLdagi o‘yindan ko‘ra muhimroq hisobladi", deb yozadi Ispaniyadagi As nashri.

"Astana" bosh murabbiyi Stanimir Stoylov Yevropa ligasi doirasida "Atletiko"ga qarshi kechadigan o‘yinda asosiy tarkib futbolchilarini asrashga qaror qilganini aytdi. Murabbiy "Qayrat"ga bo‘ladigan o‘yinga asosiy tarkibni asramoqda", deyiladi mahalliy nashrda.

Ma'lum qilinishicha, "Atletiko"ga qarshi o‘yin uchun Baurjan Jolchiyev, Roxer Kanyas, Tanat Nuserbayev, Marin Anichich, Nemanya Maksimovich va Dmitriy Shomko olib ketilmagan.

"Biz ichki chempionatda ochko yo‘qotmasligimiz kerak. Vaziyatga haqqoniy qaraylik: asosiy tarkib bilan ham "Atletiko"dan ochko bilan qayta olmaymiz. Madridgacha 9 soat yo‘l bosib keldik. Dam olish kunlarida esa "Qayrat"ga qarshi maydonga tushishimiz lozim.

Bizning asosiy vazifamiz ichki chempionatda chempion bo‘lish. YeChLda esa guruhda kimlar favoritligi ma'lum", - deydi murabbiy.

S guruhi vakili "Astana" 2 turdan keyin 1 ochko ishlagan. Guruhda "Benfika" 6 ochko bilan yetakchilik qilmoqda. "Atletiko"da esa hozircha 3 ochko bor. "Astana" o‘z ochkosini "Galatasaroy"ga qarshi o‘yinda ishlagan.

Qozog‘istonliklar jamoasining "Atletiko"ga qarshi o‘yini 22 oktabr kuniga o‘tar kechasi "Visente Kalderon" o‘yingohida o‘tkaziladi.

"Qayrat"ga qarshi o‘yin esa 25 oktabr kuniga belgilangan.

Top