16:22 / 21.10.2015
3310

Bild: Bekkenbauer ham FIFAning "qora ro‘yxat"ida

Germaniyalik sobiq futbolchi Frants Bekkenbauer ham FIFA tizimidagi poraxo‘rlik mojarosiga aralashganlikda gumon qilinmoqda. Bu haqda Bild nashrida yozib chiqildi.

FIFA axloq qo‘mitasi 21 oktabr kuni "qora ro‘yxat"ni e'lon qilishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, o‘tgan haftada Spiegel nashri 2000 yilda Adidas rahbari sifatida ishlagan Robert Luis-Dreyfus tomonidan Germaniya tashkiliy qo‘mitasiga 10,3 mln shveysar franki (o‘sha vaqtdagi kurs bo‘yicha 7,6 mln dollar) miqdoridagi mablani o‘tkazib bergani haqida yozib chiqqandi.

Aynan shu mablag‘lar FIFAning ijroiy qo‘mitasi a'zolari bo‘lgan 4 nafar shaxs o‘rtasida taqsimlangani aytilmoqda.

Bu ish bo‘yicha Frants Bekkenbauer hamda Germaniya futbol federatsiyasining amaldagi prezidenti Volfgang Nirsbax ham javobgarlikka tortilishi mumkin.

Frants Bekkenbauer o‘zining poraxo‘rlik ishiga aralashgani bo‘yicha gumonlarni rad etmoqda.

Top