15:13 / 21.10.2015
3922

Durov Telegram messenjerining Eronda to‘sib qo‘yilishi jarayoni haqida aytib berdi

Telegram Eronda butunlay to‘sib qo‘yilgan. Bu haqda ushbu xizmat asoschisi Pavel Durov o‘z tvitterida ma'lum qilgan.

"Eron Axborot va aloqa vazirligi Telegram xizmatida senzura va josuslikda foydalanishga yo‘l qo‘yib berishimizni talab qilishdi. Biz ularning talabiga rozi bo‘lmadik va ular bizni bloklashdi", deb yozadi Durov.

Durovning ma'lum qilishicha, Telegram dasturchilari jamoasi ayni vaqtda p2p-protokoli ustida ish olib borishmoqda, bu esa "foydalanuvchidan foydalanuvchiga" tizimida ishlaydi. Bu tizim esa markaziy serverdan xoli bo‘lib, turli bloklashlarga uchramaydi.

Biroz oldinroq, ukrainalik siyosatchilar Viber o‘rniga Telegram messenjeridan foydalanishga o‘tishayotgani xabar qilingandi. Telegram`da Ukraina prezidenti Pyotr Poroshenko va uning tarafdorlari ham paydo bo‘lishgan.

Ma'lumot uchun, Telegram messenjerining internet-versiyasi kompaniyaning Osiyo-Tinch okeani havzasidagi serverlariga kiberhujumlar uyushtirilganidan so‘ng, Xitoy hududida blok qilingan edi.

Top