14:34 / 21.10.2015
3146

FT: Ferrari bozor kapitalizatsiyasi 9,8 mlrd dollarga yetdi

Financial Times nashri ma'lumotlariga ko‘ra, Ferrari kompaniyasi Nyu-Yorkdagi birja savdolariga dastlabki aksiyalarini joylashtirishga 893 mln dollar atrofida mablag‘ jalb etdi. Uning bozor kapitalizatsiyasi esa 9,8 mlrd dollarni tashkil etdi.

Top-menejyerlar so‘zlariga ko‘ra, kompaniyaning yaqin rejalarida nafaqat qarzlar miqdorini kamaytirish, balki sotuvlar hajmini oshirish ham ko‘zda tutilgan.
Qayd etilishicha, birja savdolaridagi omadli qadamlar kapitalizatsiya ko‘rsatkichini 10 mlrd dollardan oshirishga xizmat qilishi mumkin.

Top