08:49 / 21.10.2015
3621

Kiyev markazida noma'lum shaxslar "Chelsi" muxlislariga hujum qilishdi

20 oktabr kuni "Chelsi" jamoasining YeChL guruh bosqichi doirasidagi 3-turda "Dinamo"ga qarshi uchrashuvini kuzatish uchun Ukraina poytaxti Kiyev shahriga tashrif buyurgan londonlik muxlislar mahalliy bezorilar hujumiga duch kelgan.

"30 nafarga yaqin noma'lum shaxslar Kiyevda "Chelsi" muxlislariga hamla qilishdi", deb yozadi Daily Mail.

Xabarda yozilishicha, hujum qiluvchilar niqoblar taqqan edi. Ular "Chelsi" muxlislariga Mustaqillik maydoni yaqinidagi barlardan biri oldida hamla qilishgani aytilgan.

Ushbu hujum tufayli inglizlarning bir qanchasi jabrlangan, ulardan biriga tibbiy yordam ko‘rsatishga to‘g‘ri kelgan.

Top