09:22 / 21.10.2015
2145

OAV: S7 bosh direktori “Transaero” aksiyalarining nazorat paketini sotib oldi

S7 guruhi bosh direktori Vladislav Filyov va “Transaero”ning eng yirik aksiyadori Aleksandr Pleshakov 51 foiz aksiyalar bo‘yicha shartnoma imzolashdi. RBK nashrining xabar berishicha, Filyov Pleshakovdan aynan shu miqdordagi aksiyalarni xarid qildi.

Shartnoma 20 oktabr kechasi imzolangan.
Shartnoma qiymati haqida ma'lumot berilmadi. Shu bilan birga, Pleshakovning so‘zlariga qaraganda, paket narxi “1 rubldan ancha ko‘p” edi. “Aeroflot” bilan amalga oshmay qolgan kelishuvda aynan mana shunday narx ko‘zda tutilgan edi.

Top