10:49 / 21.10.2015
2802

O‘zbekiston va Polsha savdo aylanmasi 23 foizga tushib ketdi

2015 yilning 8 oyi mobaynida O‘zbekiston va Polshaning o‘zaro savdo aylanmasi hajmi 86 mln dollarni tashkil qildi. Bu ma'lumot Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasi qoshidagi savdo va investitsiyalar bo‘limi o‘tkazgan matbuot anjumanida aytildi.

“Turkiston-press” agentligining ma'lum qilishicha, tadbir 20 oktabr kuni bo‘lib o‘tgan.
Bo‘lim boshlig‘i Yatsek Mixalskining so‘zlariga qaraganda, bu 2014 yilning shu davriga nisbatan 23 foizga kamroqdir. Mixalski bu holatni “jahon iqtisodiyotidagi tendensiyalar” bilan bog‘ladi.

 

manba: «Turkiston-press»

Top