22:13 / 21.10.2015
3606

O‘zbekistonda 2015 yilgi mavsumda 7,3 mln tonna g‘alla yetishtirildi

O‘zbekiston dehqonlari va fermerlari joriy mavsumda 7 million 300 ming tonna g‘alla yetishtirishdi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Islom Karimov mehnatkashlarga yo‘llagan tabrigida aytib o‘tgan.

«Haqiqatan ham, yaqin o‘tmishda chetdan kimlargadir yalinib, katta-katta mablag‘lar evaziga don olib keladigan, hatto bir hafta-o‘n kunga yetadigan un zaxirasi qolgan og‘ir kunlarni boshidan kechirgan O‘zbekiston bugungi kunda 31,5 milliondan ziyod aholisini nafaqat g‘alla bilan ta'minlayotgan, kerak bo‘lsa, uni eksport qilayotgan mamlakatga aylangani barchamizga g‘urur va iftixor bag‘ishlaydi», — deya ta'kidladi mamlakat rahbari.

O‘zbekiston respublikasi davlat statistik qo‘mitasi ma'lumotiga ko‘ra, 2013 yilda O‘zbekistonda 7,6 mln tonna bug‘doy mahsuloti yetishtirilgan va uning yarmi fermerlarda qoldirilgan. 2014 yilda esa yetishtirilgan bug‘doy mahsuloti 8 mln tonnadan oshdi va bu mahsulotning 60 foizidan ortig‘i (5 mln 117 ming tonna) fermerlar ixtiyorida qoldirildi.

Top