19:15 / 21.10.2015
4691

Polshaning Solaris kompaniyasi O‘zbekistonga jamoat transportlari yetkazib bermoqchi

Polshaning avtobus, tramvay va trolleybus ishlab chiqarishga mo‘ljallangan Solaris Bus & Coach S.A. kompaniyasi O‘zbekistonga jamoat transportlarini yetkazib berish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda deb yozadi Sputnik nashri.

Polshaning O‘zbekistondagi elchixonasi vakilining so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonga eksport qilinadigan avtobuslar suyultirilgan gazda harakatlanishga mo‘ljallangan bo‘ladi. Hozir tomonlar ulovlarning yetkazib berilishi aniq sanasi bo‘yicha muzokaralar olib borishmoqda.

Top