19:36 / 21.10.2015
5388

Qo‘lbola soat yasagani uchun hibsga olingan o‘smir oilasi AQShdan Qatarga ko‘chib o‘tmoqchi

Texas shtatida qo‘lbola soat yasagani uchun hibsga olingan o‘smirning oilasi AQShdan Qatarga ko‘chib o‘tishga qaror qildi. Bu haqda The Washington Post xabar qildi.

“Barcha yoqimli takliflarni sinchkovlik bilan o‘rganib chiqqanimizdan so‘ng Ahmadga yosh innovatorlar dasturida qatnashishni ko‘zda tutgan Qatar ta'lim, ilm-fan va jamiyat taraqqiyoti jamg‘armasining murojaatini qabul qildik”, - deyiladi yosh ixtirochi oilasi maktubida.

Yaqindagina Ahmad Muhammad AQSh prezidenti taklifi bilan Oq uyda mehmon bo‘lgan edi.
Eslatib o‘tamiz, AQShning Texac shtati Irving shahridagi maktabning 14 yoshli o‘quvchisi Ahmad Muhammad (Ahmed Mohamed) o‘qituvchilarining ko‘ziga bomba bo‘lib ko‘ringan qo‘lbola soatni ko‘tarib kelgani uchun politsiya mahkamasiga olib kelingan edi.

Top