07:07 / 21.10.2015
3099

Rossiya FXX: maxsus xizmatlar “Hizb ut-Tahrir”ning 22 a'zosini hibsga oldi

Rossiya Federal xavfsizlik xizmati Ichki ishlar vazirligi bilan birgalikda “Hizb ut-Tahrir” terrorchilik guruhining 22 a'zosini qo‘lga oldi, deb aytilmoqda FXXning jamoatchilik bilan aloqalar markazi xabarida. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi ma'lum qildi.     

Qayd etilishicha, qo‘lga olinganlar orasida guruh yetakchilari bor.

“Terrorchilik tuzilmasini markaziy osiyoliklar boshqargan, uning faoliyatiga Rossiya fuqarolari ham jalb qilingan”, deyilmoqda xabarda. 

Ma'lum qilinishicha, 25 tadan ko‘proq tintuv o‘tkazilib, ular davomida ekstremistik adabiyotlar, aloqa vositalari, terrorchilik guruhi faoliyati bo‘yicha hisobotlar saqlangan elektron ma'lumot tashuvchilar musodara qilingan. 

Avvalroq Moskvada “Hizb ut-Tahrir al-Islomiya” ishi bo‘yicha 100 ga yaqin kishi politsiyaga olib kelingani ma'lum qilingandi.      

Top