18:54 / 21.10.2015
6216

Rossiya qurolli kuchlari suv osti droniga ega bo‘ldi

“Tetis Pro” kompaniyasi tayyorlagan suv osti teleboshqaruvdagi “Marlin-350” apparati Rossiya qurolli kuchlari rahbariyati tomonidan ma'qullandi, deb xabar beradi FlotProm portali.

Apparatning sinovlari mart oyining boshida yakunlandi. Uning texnik tavsiflari, tezligi, tizimlar funksionalligi, shuningdek, suv osti robotining umumiy sifati sinovdan o‘tkazildi. U barcha talablarga javob bergani bois qurollanishga qabul qilinishi to‘g‘risidagi qaror qabul qilindi.
“Marlin-350” 350 m chuqurlikka cho‘ng‘iydi.

Top