21:08 / 21.10.2015
5729

Surxondaryolik bezori yolg‘iz ayolning boshini aylantirib, uning uyiga o‘g‘rilikka tushganida qo‘lga olindi

Surxondaryolik bezori yolg‘iz ayolning boshini aylantirib, uning uyiga o‘g‘rilikka tushganida qo‘lga olindi. Bu haqda “Na postu” nashri yozmoqda.

Aytilishicha, Davron ismli yigit qishloqda ish topa olmay, Rossiyaga ketgan va u yerda ancha vaqt ishlagan. Lekin fe'li murakkab bo‘lganidan chet elda o‘g‘rilik va mushtlashuv uchun ikki marta qamoqda o‘tirib chiqqan.

Shundan so‘ng u qishlog‘iga qaytishga qaror qilgan. Ammo bu yerda ham jim yura olmagan.
Bir kuni u maktabdagi muhabbati Nozimani uchratib qolgan. Ma'lum bo‘lishicha, ayolning eri Rossiyaga ishlagani ketgan edi, o‘zi esa ikki farzandi bilan yolg‘iz yashardi.
Davron turli yo‘llar bilan Nozimani aldab, bir necha oy ichida uning jazmaniga aylandi. Ular tez-tez uchrashib turishar va hatto qo‘ni-qo‘shnilardan yashirishga urinishmasdi. Lekin vaqt o‘tishi bilan Davronning maqsadlari o‘zgarib, o‘ynashining eri jo‘natayotgan pullarga egalik qilishni niyat qilib qolgan.

Tungi paytda Davron Nozimaning uyiga kirib, u yerda topgan barcha pullarini cho‘ntagiga soldi. Lekin ketishdan oldin uyqudagi ma'shuqasini o‘pib qo‘yishga qaror qildi. U Nozimaning to‘shagiga yaqinlashgan chog‘da ayolning bolasi uyg‘onib ketib, chirqiray boshladi.

Nozima uyg‘onib ketib, qorong‘uda noma'lum erkak yonida turganini payqadi va qo‘liga tushgan narsa bilan uni ura ketdi. Shovqinni eshitgan qo‘shnilar ham yetib kelishdi.
Natijada Davron o‘g‘rilik ustida qo‘lga olinib, ichki ishlar xodimlariga topshirildi.

Top