21:51 / 21.10.2015
4523

Tojikistonda rejalashtirilgan paxta hosilining 60 foizdan ko‘prog‘i terib olindi

Tojikistonda ushbu hafta boshiga kelib 245 ming tonnaga yaqin paxta hosili terib olindi. Bu haqda Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirligining o‘simlikshunoslik boshqarmasi ma'lum qildi.

Yig‘ib olingan hosilning hajmi joriy yilga rejalashtirilgan paxta hosilining 61 foizini tashkil qiladi.

Xabarda ta'kidlanishicha, har yili tojik fermerlari tomonidan 5,9 ming tonnagacha paxta teriladi. Ayni paytda paxta dalalarida 150 mingga yaqin kishi mehnat qilmoqda.

Tojikiston qishloq xo‘jaligi vazirligida ta'kidlanishicha, joriy mavsumning oxirigacha 399 ming tonna paxta hosili olish rejalashtirilgan. Joriy yilda mamlakatda 180 ming gektar yerga paxta hosili ekilgan.

Top