12:41 / 21.10.2015
2959

Venesuela prezidenti neft narxlarini muhokama qilish uchun sammit o‘tkazish taklifini berdi

Venesuela prezidenti Nikolas Maduro neft ishlab chiqaruvchi davlatlarga maxsus maktub yo‘llab, ushbu mahsulotning jahon bozoridagi narxlarini nazorat qilish masalasini muhokama qilish uchun sammit to‘plash taklifini bildirdi.

Ushbu tadbirda neft ishlab chiqaruvchi davlatlar tashkiloti (OPeK) a'zolari, shuningdek, neft karteliga kirmaydigan davlatlar rahbarlari ishtirok etishi ko‘zda tutilmoqda.
“Men davlatlar va hukumatlar rahbarlariga maktub yo‘lladim... Neft bozoridagi tendensiyalarni muhokama qilish uchun ular bilan to‘planishni taklif qildim”, - deb sharhladi bu yangilikni Maduroning o‘zi.

Ma'lumki, neft bozoridagi beqarorlik o‘z iqtisodiyotini “qora oltin” eksportiga qurayotgan davlatlarda jiddiy qiyinchliklar tug‘dirmoqda. Maduroning fikricha, bozorda bir barrel neft narxini 70-80 dollar darajasida ushlab turish zarur.

Top