18:26 / 21.10.2015
7468

Xitoyda o‘ta kuchli mushaklarga ega mutant-itlar yetishtirildi

Guanchjoulik olimlar kuchuklarga gen muhandisligi yordamida o‘ta kuchli mushaklarni taqdim etishdi. Bu haqda The Independent xabar qildi.

Tadqiqotlar doirasida XXR mutaxassislari dunyoda birinchi bo‘lib jonivorlardagi miostatin – mushak to‘qimalari o‘sishi va differentsiyalanishiga ta'sir ko‘rsatuvchi oqsil ishlab chiqarilishiga javobgar genni olib tashlashdi. Uning chegaralanishi esa yog‘ to‘qimasi mutlaqo mavjud bo‘lmagan mushak to‘qimalarining ko‘payishiga olib keldi.
Kelgusida olimlar gen muhandisligi usulidan foydalangan holda kuchuklarda insonlarga xos ayrim xastaliklar, masalan, mushaklar distrofiyasi (to‘qima va a'zolarda moddalar almashinuvining buzilishi) va Parkinson rivojlanishiga erishishni ko‘zlagan. Natijada jonivorlar ustida kasalliklarga qarshi samarali usullar va vositalar sinovdan o‘tkaziladi.

Tadqiqotchilar fikricha, bu kabi kuchuklardan huquqni muhofaza qilish maqsadlarida ham foydalanish mumkin.

Top