00:19 / 22.10.2015
5276

“Kelajakka qaytish” filmidagi Dok Braun Facebook foydalanuvchilariga murojaatnoma yo‘lladi

“Kelajakka qaytish” film-trilogiyasining asosiy qahramonlaridan bo‘lmish Dok Braun (aktyor Kristofer Lloyd ijrosida) Facebook foydalanuvchilariga murojaatnoma yo‘lladi.

“Bugun 2015 yilning 21 oktabri va nihoyat kelajak shu yerda. U biz o‘ylaganchilik emas ekan, ammo bundan keyingi kelajak haqda hech narsa deya olmaymiz. Kelajak siz qanday yaratsangiz, shunday bo‘ladi. shu bois uni yaxshi bo‘lishiga harakat qiling!”, - dedi aktyor video orqali.

Bu rolik filmning rasmiy sahifasida ancha ommalashdi va filmning chiqqaniga 30 yil to‘lishi munosabati bilan katta qiziqish uyg‘otdi.

 

10/21/15! The Future is NOW! Doc Brown has a special message just for you. #BTTF2015

Posted by Back to the Future Trilogy on 20 oktabrya 2015 g.
Top