15:11 / 22.10.2015
5137

«'»: BMT insonparvarlik yordami yuklari ortilgan mashinalar Donbass hududiga kira olmayapti

Donbass uchun insonparvarlik yuklari ortilgan eng kamida 800ta avtomobil Donetsk va Luganstsk viloyatlari hududiga kira olmayapti, deya xabar qildi «Kommersant'».

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik tashkilotining Ukrainadagi vaziyatni nazorat qilish bo‘yicha aloqa guruhi vakili Martin Saydikning ta'kidlashicha, bir oydan buyon Donetsk va Luganstsk viloyatlari hududlarida BMT tashkilotlarining faoliyatiga cheklov qo‘yilgan. Bu BMT tuzilmalari tomonidan tegishli hujjatlar noto‘g‘ri to‘ldirilgani bilan izohlandi.

“16 ming tonna insonparvarlik yuklari tayyorlangan bo‘lib, ular 800ta yuk avtomobili demakdir. Biroq ularni yetkazib berish amalga oshmasligi mumkin. Gap bu yerda faqatgina oziq-ovqat mahsulotlari emas, balki qurilish materiallari va mintaqadagi infratuzilmalarni tiklash uchun zarur bo‘lgan boshqa yuklar haqida ketmoqda”, - dedi Martin Saydik.

Top