10:52 / 22.10.2015
6733

Astronomlar “O‘lim yulduzi” yemirayotgan sayyoralarni tasvirga oldi

Amerikalik astronomlar yirik sayyoralarning oq karlik yulduz atrofidagi “o‘lim spirali” domiga tushib, barbod bo‘layotganini suratga olishdi. Bu haqda Nature jurnali ma'lum qildi.

“Bizning ko‘z o‘ngimizda birorta ham inson bolasi ko‘rmagan manzara – quyosh tizimi qanday qilib buzilishi namoyon bo‘ldi”, - dedi yetakchi muallif Endryu Vanderberg.
Dastlabki ma'lumotlarni olimlarga Kepler teleskopi taqdim etdi. O‘z yulduzi (oq karlik)dan taxminan 830 ming kilometr masofadagi yirik obekt har 4,5 soatda muntazam ravishda yorug‘lik manbai tomon yaqinlashib, parchalanayotgani aniqlandi.

Yulduzning o‘zi esa Yerdan 570 yorug‘lik yili masofada joylashgan.Boshqa teleskoplardan olingan qo‘shimcha ma'lumotlar olimlarga yaqin orbitada uchayotgan boshqa parchalar qoldiqlarini topishga imkon berdi.Olimlar taxminiga ko‘ra, planetalardan birining orbitasida beqarorlik vujudga kelib, o‘z yulduzi tomonga yaqinlashgan va parchalanishni boshlagan.

Uning parchalari oq karlik harorati ta'sirida parlanib ketib, gravitatsiya kuchini yo‘qotgan va mayda bo‘laklarga bo‘linib ketgan. Oradan bor-yo‘g‘i bir million yil o‘tib qattiq qismlardan oq karlik sirtida ko‘zga mutlaqo tashlanmaydigan yupqa metall qatlamgina qoladi, deb yozadi astronomlar.

Top