20:49 / 22.10.2015
8864

KUN.UZ dayjesti: 22 oktabr, O‘zbekiston xabarlari

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 22 oktabr kuni ro‘y bergan eng asosiy yangiliklarni takroran havola etamiz.

Islom Karimov Ichki ishlar idoralari xodimlarining bir guruhini mukofotladi>>

2015 yil 22 oktabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Islom Karimov “O‘zbekiston Respublikasi Ichki ishlar idoralari xodimlari kuni munosabati bilan bir guruh xodimlarni mukofotlash to‘g‘risida” farmonni imzoladi. 

O‘zbekistonning agrar sektorida 31.8 trln so‘mlik mahsulot yetishtirildi>>

2015 yilning boshidan beri 9 oy mobaynida O‘zbekistonda 31.8 trln so‘mlik qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yetishtirildi. Bu haqda davlat statistika qo‘mitasi ma'lumot berdi.

O‘zbekiston yengil sanoati 2019 yilga qadar 1 mlrd dollar investitsiya o‘zlashtiradi>>

O‘zbekiston yengil sanoat korxonalari 2019 yil oxiriga qadar 2015-2019 yillarda tekstil va yengil sanoatni rivojlantirish dasturi doirasida umumiy qiymati 1 mlrd dollardan oshadigan investitsion loyihalarning 80 foizini o‘zlashtirishni rejalashtirmoqda.

O‘zbekistonda bu yilgi paxta hosilidan 1,6 mln tonna urug‘lik olinishi rejalashtirilgan>>

O‘zbekistonda yetishtirilgan bu yilgi paxta xomashyosidan (3,35 mln tonna) 1 mln tonna tola, 1,6 mln tonna urug‘lik va 80 ming. tonna lint olinishi rejalashtirilgan. 

Yevropa tashqi siyosat xizmati bosh kotibi Alen Le Rua Rustam Azimov bilan uchrashuv o‘tkazdi>>

Yevropa tashqi siyosat xizmati bosh kotibi Alen Le Rua 18-20 oktabr kunlari tashrif bilan Toshkentda bo‘ldi. Janob Le Rua bilan birga, Yevropa Ittifoqining Markaziy Osiye bo‘yicha Maxsus vakili elchi Peter Burian ham O‘zbekistonga kelgan.

Toshkentda issiqlik tizimi tariflari qimmatlashadi>>

«Toshkent IEM» aksionerlik jamiyati 2015 yilning 7 noyabridan boshlab iste'molchilarga taqdim etilayotgan issiqlik quvvati uchun tariflar o‘zgartirilishini ma'lum qildi. 

"Paxtakor" bosh murabbiyi: Anchadan beri maoshlarimizni olmadik>>

"Bunyodkor" - "Paxtakor" uchrashuvidan so‘ng tashkil etilgan matbuot anjumanida mehmonlar ustozi No‘'mon Hasanov ishtirok etdi.

O‘zbekiston BMTga ayollar huquqlari ta'minlangani bo‘yicha hisobot beradi>>

O‘zbekiston BMTga mamlakatda ayollar huquqlarini tenglashtirishga qaratilgan xatti-harakatlar haqida bayonot beradi. Bu haqda BMT radiosi xabar qilgan.

Beeline O‘zbekistondagi minoralarini sotishi mumkin>>

VimpelCom Ltd. xalqaro kompaniyasi Rossiya, O‘zbekiston, Qozog‘iston, Tojikiston, Qirg‘iziston, Armaniston, Gruziya va Ukrainadagi telekommunikatsion minoralarini sotishi mumkin. Bu haqda Bloomberg agentligi xabar bermoqda.

Toshkentda isitish mavsumi boshlandi>>

Toshkent shahar hokimi joriy yilning 21 oktabr kuni “Toshkent shahrida 2015-2016 yilgi isitish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish va issiqlik energiyasi bilan ta'minlash to‘g‘risida”gi 910-sonli qarorini imzoladi.

Doxadagi yengil atletika bo‘yicha Jahon Chempionatida o‘zbekistonlik paralimpiyachilar ilk medalni qo‘lga kiritdi>>

Joriy yilning 21-31 oktabr kunlari Qatarning Doxa shahrida bo‘lib o‘tayotgan yengil atletika bo‘yicha Jahon Chempionatida paralimpiya sportchilarimiz ilk g‘alabani qo‘lga kiritdilar.

Joriy mavsumda Farg‘onada 203 ming tonna ko‘mir zaxirasi yaratilishi rejalashtirilgan>>

Farg‘ona viloyatida O‘zbekiston Prezidentining joriy yil 7 iyuldagi Respublika iqtisodiyoti tarmoqlari va ijtimoiy sohalarini 2015-2016 yillar kuz-qish davrida barqaror ishlashga kompleks tayyorlashni ta'minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi qarori ijrosi doirasida ushbu mavsumga qizg‘in taraddud ko‘rilmoqda. 

Singapur menejmentni rivojlantirish instituti bitiruvchilariga diplomlar topshirildi>>

Toshkentdagi Singapur menejmentni rivojlantirish institutida beshinchi tantanali bitiruv kechasi – diplomlar taqdimoti bo‘lib o‘tdi. 

Toshkentdagi «Pushkin» bekati nomi o‘zgartirilmaydi>>

Mutaxassisning so‘zlariga ko‘ra, metro bekatlari nomini o‘zgartirish bo‘yicha maxsus komissiya ish olib boradi. Hozirda mazkur ishchi guruhdan iborat komissiya Pushkin nomidagi bekatni o‘zgartirish masalasini ko‘rib chiqayotgani yo‘q.

Toshkent metropolitenining Chilonzor liniyasida 18 kilometrlik rels yangilandi>>

Milliy matbuot markazida metropoliten infratuzilmasini takomillashtirish, uning moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, yo‘lovchilar xavfsizligini ta'minlash va ularga xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirishga bag‘ishlangan matbuot anjumani o‘tkazildi.

Qashqadaryoda menejment instituti bir necha yildan buyon ruxsatnomasiz ishlab kelgani ma'lum bo‘ldi>>

Qashqadaryo viloyatida uch yil davomida hech qanday ruxsatnoma hujjatlarisiz faoliyat yuritib kelgan Menejment institutining talabalaridan biri ushbu ta'lim muassasasi bergan diplom bilan qayerga murojaat qilishini bilmay, “Darakchi” gazetasiga maktub yo‘lladi.

O‘zbekistonda “Uzstar” shou loyihasi start oladi>>

Estrada san'atiga qiziqishi yuqori bo‘lgan iqtidor egalarini saralash, ular mahoratini rivojlantirib, qo‘llab-quvvatlash maqsadida O‘zbekistonda yana bir loyiha ishga tushirilmoqda.

O‘zbekistonda IPv6dan foydalanishga o‘tish istiqbollari muhokama qilindi>>

2015 yil 21 oktabrda O‘zbekiston Aloqa tarixi muzeyida telekommunikatsiya operatorlari va provayderlari uchun IPv6 (Internet Protocol version 6) protokolidan foydalanishga o‘tish bo‘yicha chora-tadbirlar rejasiga oid loyihalar muhokamasiga bag‘ishlangan uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Bu haqda Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

O‘zbekiston vakillari dunyoning eng kuchli dzyudochilari qatorida qayd etildi>>

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Parij shahri (Fransiya)da bo‘lib o‘tgan “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirdan so‘ng dunyoning yangi reyting jadvalini e'lon qildi.

Qoraqalpog‘istonlik dzyudochi qizlar Osiyo chempionati g‘oliblari bo‘lishdi>>

Dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida Qirg‘izistonda o‘tkazilgan Osiyo kubogi musobaqasida qoraqalpog‘istonlik uch nafar sportchi-qiz sovrinli o‘rinlarni egalladi.

Top