22:19 / 22.10.2015
5691

KUN.UZ dayjesti: 22 oktabrda ro‘y bergan eng qiziqarli xabarlar

Hurmatli o‘quvchilar, e'tiboringizga 22 oktabr kuni ro‘y bergan eng qiziqarli voqealar haqidagi xabarlarni takroran havola etamiz.

Putin "Valday" klubi yig‘ilishiga yashil Lada Vesta avtomobilini minib keldi>>

Rossiya prezidenti Vladimir Putin "Valday" klubining 12-yig‘ilishida ishtirok etish uchun klub hududiga «AvtoVAZ» kompaniyasining yangi mahsuloti bo‘lmish Lada Vesta mashinasini boshqarib kirib keldi.

iPhone 7 Home tugmachasisiz va sapfir shishali bo‘ladi>>

Apple kompaniyasining doimiy tahlilchisi Jin Manser iPhone 7 haqda uchta prognoz keltirib o‘tdi, deb ma'lum qilmoqda Forbes.

Bangkokda mobil telefonli piyodalar uchun maxsus o‘tish yo‘lagi paydo bo‘ldi>>

Tailand poytaxti Bangkok shahrida, Kasetsart universitetidan uzoq bo‘lmagan joyda mobil telefonlar va boshqa turli gadjyetlaridan uzilmagan holda harakatlanadigan piyodalar uchun maxsus yo‘lak barpo etildi.

Ko‘p ovqat yegan va golf o‘ynagan xitoylik amaldorlar jazoga tortiladi>>

Xitoy kommunistik partiyasi davlat xizmatchilarining xulq-atvori to‘g‘risidagi qoidalarni kuchaytirdi. Endilikda korrupsiyaga qarshi kurashni kuchaytirish maqsadida amaldorlarga ko‘p taom iste'mol qilish va golf o‘ynash taqiqlandi, deya xabar berdi Reuters.

Olimlar: Alyaskadagi abadiy muzliklar 2070 yildayoq erishni boshlaydi>>

Yer sayyorasining shimoliy yarimsharidagi muzliklar kutilganidan ancha oldin erishni boshlashi aytildi. Bu haqda Yer muzliklarini o‘rganish bo‘yicha xalqaro dastur rahbari, Alyaska universiteti professori Vladimir Romanovskiy ma'lum qilgan.

Galapagosda toshbaqaning yangi turi aniqlandi>>

Zoologlar Ekvadorga qarashli Galapagos orollari hududida quruqlik toshbaqasining yangi turini uchratishdi. Bu ulkan toshbaqa mansub bo‘lgan turga Chelonoidis donfaustoi nomi berilgan. 

Astronomlar “O‘lim yulduzi” yemirayotgan sayyoralarni tasvirga oldi>>

Amerikalik astronomlar yirik sayyoralarning oq karlik yulduz atrofidagi “o‘lim spirali” domiga tushib, barbod bo‘layotganini suratga olishdi.

Discovery telekanali “Afsonalarni barbod qilish”dan voz kechmoqchi>>

Discovery telekanali 14- mavsum yakuniga yetganidan so‘ng “Afsonalarni barbod qilish” ilmiy-ommabop shousi (Mythbusters)ni to‘xtatadi, deya xabar qildi Entertainment Weekly.

Sibirlik haydovchi mashinasini evakuatsiya qilishgach, o‘ziga o‘t qo‘ydi>>

Rossiyaning YHXDI (Yo‘l harakati xavfsizligi davlat inspeksiyasi) Surgut shahri bo‘yicha bosh boshqarma binosida avtomobili evakuatsiya qilinishiga javoban haydovchi o‘ziga o‘t qo‘ydi.

Ilk "bulutli" smartfonga buyurtmalar qabul qilina boshlandi>>

Nextbit tomonidan yaratilgan ilk “bulutli” Robin smartfoniga Kickstarter saytida buyurtma qabul qilish boshlandi.

Maykl Foks bog‘ichlari mustaqil bog‘lanadigan krossovkaning ilk sohibi bo‘ldi>>

“Kelajakka qaytib-2” filmidagi (1989) bog‘ichlari mustaqil bog‘lanadigan krossovka reallikka aylandi. Amerikalik aktyor, mazkur kartinada bosh rol – Marti Makflayni ijro etgan Maykl Jyey Foks uning ilk sohibiga aylandi.

Sochi hayvonot bog‘ida yo‘lbars bolalarini ona it boqmoqda>>

Sochi hayvonot bog‘ida ona it uch yo‘lbars bolasini to‘ydirmoqda. Yo‘lbarsvachchalar 18 oktabr kuni dunyoga kelishdi. Ularga Izi laqabli it onalik qilmoqda.

Har kuni 2,5 kilogram Chili garmdorisini iste'mol qiladigan g‘aroyib xitoylik>>

Yongzida hali o‘smirlik paytidayoq g‘aroyib odat shakllandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, o‘shanda u go‘sht va tuxumsix yashashi mumkinligi, achchiq mahsulotlar uning jon-dili ekanligini tushunib yetdi. 

“Kelajakka qaytish” filmidagi Dok Braun Facebook foydalanuvchilariga murojaatnoma yo‘lladi>>

“Kelajakka qaytish” film-trilogiyasining asosiy qahramonlaridan bo‘lmish Dok Braun (aktyor Kristofer Lloyd ijrosida) Facebook foydalanuvchilariga murojaatnoma yo‘lladi.

“Betmen Supermenga qarshi” filmi kino tarixidagi eng qimmat film bo‘ladi>>

“Betmen Supermenga qarshi: adolat tongida” filmi kino tarixidagi eng katta byudjyetga ega film bo‘ladi, deb ma'lum qilmoqda Latino Review. 2016 yilning bahorida katta ekranlarga chiqishi kuzatilayotgan kartinaning byudjyeti 410 million dollarni tashkil etadi.

Shvetsiyalik dizayner yog‘ochdan 1984 yilgi Apple kompyuteri nusxasini yasadi>>

Shvetsiyalik dizayner Love Xulten yog‘ochdan 1984 yilda Apple kompaniyasi tomonidan yaratilgan Macintosh 128K shaxsiy kompyuterining birga-bir o‘lchamdagi nusxasini yasadi.

Chevrolet Spark xetchbeki yanada shiddatli bo‘ldi>>

Chevrolet kompaniyasi Spark kompakt xetchbekining maxsus versiyasi —RS nomini olgan mashinani taqdim etdi. Ushbu yangilik Las-Vegasda o‘tadigan SEMA tyuning-shousida o‘zining shiddatkor ko‘rinishi bilan qatnashishi ko‘zda tutilgan.

Chevrolet kompaniyasi modellari eng ishonchsiz avtomobillar ro‘yxatida qayd etildi>>

Consumer Reports nashri avtomobillarning ishonchliligi bo‘yicha navbatdagi an'anaviy reytingini e'lon qildi. Reyting quyidagi sahifada e'lon qilingan.

Google sir-sinoat ishqibozlari bilan hazillashdi>>

Google o‘zining Twitter tarmog‘idagi rasmiy mikroblogi obunachilari bilan hazillashdi. 21 oktabr kuni sahifa ma'muriyati hazil posting amalga oshirishdi.Xabarda o‘quvchilarga Gmail pochta xizmati interfeysi uchun 15ta yangi temaga ega bo‘lish uchun yo‘llanma berilgan.

Top