18:13 / 22.10.2015
4016

O‘zbekiston vakillari dunyoning eng kuchli dzyudochilari qatorida qayd etildi

Xalqaro dzyudo federatsiyasi Parij shahri (Fransiya)da bo‘lib o‘tgan “Ulkan toj” turkumiga kiruvchi xalqaro turnirdan so‘ng dunyoning yangi reyting jadvalini e'lon qildi.

Mazkur nufuzli musobaqada g‘oliblikka erishgan Shahzod Sobirov (-81 kg) bir yo‘la 30 pog‘ona yuqoriga ko‘tarildi va endilikda 21-o‘rinda bormoqda.

Quyida, O‘zbekiston vakillarining bugungi kunda dunyo reyting jadvalida egallab turgan o‘rinlari berilgan:

-60 kg. Sharofiddin Lutfullayev – 6-o‘rin, Diyorbek O‘rozboyev – 16-o‘rin.

-66 kg. Rishod Sobirov – 9-o‘rin.

-73 kg. Mirali Sharipov – 40-o‘rin, Sharofiddin Boltaboyev – 43-o‘rin.

-81 kg. Yahyo Imomov – 15-o‘rin, Shahzod Sobirov – 21-o‘rin.

-90 kg. Sherali Jo‘rayev – 21-o‘rin.

-100 kg. Ramziddin Saidov – 26-o‘rin,Soib Qurbonov – 34-o‘rin.

+100 kg. Abdullo Tangriyev – 20-o‘rin, Elyor Masharipov – 50-o‘rin.

Top