19:46 / 22.10.2015
2786

«Portu» prezidenti: Neveshni sotmaymiz. U jamoa taraqqiyotining ramzi

«Portu» prezidenti Jorjye Pintu da Koshta jamoaning yosh yarimhimoyachisi, YeChL rekordchisi Ruben Neveshning sotilmasligi haqida ma'lum qildi.

"Menda uni transfer qilmaslik niyati bor.

Uning jamoa bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilgacha tuzilgan. Biz uni yanada uzoqroq vaqt saqlab qolishni istaymiz.

Bu futbolchi «Portu» taraqqiyotining yangi ramziga aylandi", deydi prezident.

Biroz avvalroq, ushbu 18 yoshli futbolchiga Ispaniya va Angliyadagi jamoalardan qiziqishlar bildirayotgani haqida xabarlar paydo bo‘lgandi.

Eslatib o‘tamiz, Ruben Nevesh YeChL o‘yinida o‘z jamoasini sardor sifatida boshlab tushgan eng yosh futbolchiga aylangandi.

Top