00:28 / 22.10.2015
5930

Qatar Suriyaga qurolli intervensiya amalga oshirishi mumkinligini aytmoqda

Qatar tashqi ishlar vaziri Holid al-Attiya Qatar Suriyaga qurolli intervensiya amalga oshirishi mumkinligini aytdi, deb xabar bermoqda Reuters axborot agentligi. 

Al-Attiya CNN telekanalining arab tilidagi versiyasi muxbirining savoliga shu tariqa javob bergan.

Al-Attiyadan Qatar Suriyada Rossiya operatsiyasi boshlangandan keyin Saudiya Arabistonining vaziyatga harbiy aralashuvi borasidagi pozitsiyasini qo‘llab-quvvatlashi borasida so‘raldi. “Biz Suriya xalqi va Suriyani barbod bo‘lishdan himoya qilish uchun saudiyalik va turkiyalik og‘alarimizdan har qanday yordamimizni ayamaymiz”, deb aytdi vazir.

Agentlik, shuningdek, al-Attiyaning Qatar davlat axborot agentligi QNA tomonidan chop etilgan fikrini ham keltirib o‘tdi: “Agar qurolli intervensiya Suriya xalqini tuzumning beshafqatligidan himoya qilsa, biz buni amalga oshiramiz”, deb aytdi vazir.

Shu bilan birga, al-Attiya uning davlati Suriya ixtilofini siyosiy yo‘l bilan hal qilinishini afzal ko‘rishini aytgan.

Suriya TIV rahbari o‘rinbosari Feysal Makdad o‘z navbatida Qatarning tajovuziga qat'iy javob berilishidan ogohlantirdi: “Agar Qatar Suriyaga harbiy aralashuv tahdidini amalga oshirsa, unda biz buni to‘g‘ridan-to‘g‘ri tajovuz deb qabul qilamiz. Bizning javob qat'iy bo‘ladi”, deb aytdi Makdad.

Top