09:13 / 22.10.2015
6671

Qodirov ilon ishtirokidagi “falsafiy” video namoyish etdi

Checheniston rahbari Ramzon Qodirov Instagram’dagi sahifasida ilon qatnashgan foto va videolavha chop etdi.
Uning so‘zlariga qaraganda, ilon ishtirokidagi fotosurat ulkan falsafiy, mafkuraviy va diniy mazmunga ega, negaki ilon dunyoni o‘rab olgan yovuzlik timsolidir.

Siyosatchining fikricha, muayyan “shaytoniy kuchlar” xalqlar, dinlar va davlatlarni bir-biriga qarshi gijgijlab, dunyoda boshqariladigan xaos holatini keltirib chiqarmoqchi.
“Siyosatchilar shuni tushunishi lozimki, butun boshli va mamlakatlar va xalqlarni bir umr qashshoqlikda, qo‘rquvda tutish mumkin emas”, - deb ta'kidladi Qodirov.

Shuningdek, u yovuzlik bilan kurashni toqqa chiqish bilan qiyosladi.
“Bu juda og‘ir. Lekin birinchi qadamdan keyin ikkinchi qadam keladi, keyin uchinchi. Shu tariqa maqsadga erishasiz, cho‘qqiga chiqasiz. Biz siz bilan yovuzlikni yengamiz!”, - so‘zini yakunladi u.

Top