20:39 / 22.10.2015
4455

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Jimmi Karter tomonidan Rossiyaga IShID pozitsiyalari tasvirlangan xaritaning berilganini tasdiqladi

Rossiya Tashqi ishlar vazirligi rasmiy vakili Mariya Zaxarova AQShning sobiq prezidenti Jimmi Karter tomonidan Rossiyaga IShID pozitsiyalari tasvirlangan xarita berilganini tasdiqladi. Bu haqda RIA “Novosti” axborot agentligi xabar berdi.

“Men bu axborot haqiqatga to‘g‘ri kelishini tasdiqlayman. Haqiqatan ham Rossiya tomoniga Jimmi Karter uning prezidentlik markazi tomonidan tuzilgan, Suriyada o‘zaro kurashayotgan tomonlar, jumladan hukumat qo‘shinlari, IShID va boshqa guruhlarning joriy o‘rinlari ko‘rsatilgan xaritani jo‘natish taklifi bilan murojaat qildi”, deb aytdi Zaxarova.

Zaxarovaning aytishicha, olingan ma'lumotlarning katta qismi prezident markazi saytida joylashtirilgan va maxfiy ma'lumot hisoblanmaydi.

Top